Joriy yilning 4-sentyabr kuni 2024/2025-o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda maktab-internati jamoasi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Tadbirda maktab-internati direktori va O‘IBDO‘ so‘zga chiqib, barchani O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi, hamda bilimlar kuni bayrami bilan tabrikladilar. O‘tgan o‘quv yili davomida erishilgan natijalar haqida gapirib, bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lishiga ishonishini bildirdilar. Maktab-internati o‘quvchilari uchun «Bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» shiori ostida mustaqillik darslari o’tkazildi.


